Rossiya Paralimpiya terma jamoasi Olimpiadada ishtirok etishdan mahrum etildi

Sport 21:52 / 07.08.2016 8130

Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi Rossiya paralimpiya terma jamoasini Richard Maklarenning Rossiya sportidagi doping haqidagi hisobotiga asoslanib xalqaro musobaqalardan chetlatishga qaror qildi. Bu haqda qo‘mitaning rahbari Filip Kreyven 7 avgustdagi maxsus matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

Shu tariqa rossiyalik paralimpiyachilar Riodagi Paralimpiadada ishtirok eta olmaydigan bo‘ldilar.

Maklaren hisobotida rossiyalik paralimpiyachilarning kamida 35 ta ijobiy doping-namunasi 2011-2015 yillar ichida izsiz yo‘qolgani ta'kidlangan.

Ko‘proq yangiliklar: