O‘zbekistonlik dzyudochi Rishod Sobirov 7 avgustda Braziliyadagi Olimpiada dzyudo musobaqalari tatamisida 66 kg gacha vazn toifasining 1/8 finalida Aruba davlati vakili Jyeym Li Mata bilan uchrashdi.
Sobirov uchrashuv boshlangandan 27 soniya o‘tib o‘z raqibini ippon usuli bilan mag‘lub etib, 1/4 finalga yo‘l oldi.