Rio-2016da ikkinchi kun anonsi. Bugun 6 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda ishtirok etadi

Sport 16:40 / 07.08.2016 11277

Bugun olimpiadaning ikkinchi kuni. Ikkinchi kuni yana 6 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarda o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.

Akademik eshkak eshish, erkaklar, yakkalik, 2000 metr
Shahboz Xolmurzayev bugun chorak finalga chiqish uchun qo‘shimcha saralash musobaqasida qatnashadi. Bu bosqichda guruhlarda dastlabki ikkita o‘rinni egallagan sportchilar keyingi bosqichga chiqishadi. Boshlanish vaqti — 16:30 (Toshkent vaqti).

Stol tennisi, erkaklar. Ikkinchi bosqich
Zohid Kenjayev kecha chexiyalik tennischini mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘l olgandi. Bugun u Buyuk Britaniya vakili Liam Pitchfordga qarshi bahs olib boradi. Britaniyalik sportchi dunyo reytingida 28-o‘rinni band etib turibdi. Boshlanish vaqti — 18:00.

Zohid Kenjayev ushbu sportchi to‘sig‘idan o‘tsa, navbatdagi bosqichda xitoylik Ma Long bilan bahslashadi. Uchinchi bosqich o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30ga belgilangan.

Dzyudo, erkaklar, 66 kg
Bugun dzyudo bo‘yicha erkaklar 66 kg, ayollar 52 kg. vaznda bellashuvlarni o‘tkazishadi. Erkaklar musobaqasida O‘zbekiston vakili Rishod Sobirov bahslarga kirishadi. Qur'aga ko‘ra, 1/16 final bosqichida u belaruslik Dmitriy Shershanga qarshi tatamiga chiqadi. Rishod g‘alaba qozonsa, nimchorak finalda Jo Maxit (Vanuatu orollari) / Jyeymi Mata (Aruba orollari) juftligi g‘olibiga qarshi tatamiga chiqadi. Dzyudo bahslari soat 18:00dan start oladi. 

Tennis, erkaklar, yakkalik
O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin olimpiadadagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. U David Ferrerga qarshi kortga chiqadi. Ispaniyalik sportchi musobaqada 8-raqam ostida tasniflangan. Boshlanish vaqti — 19:00.

Boks, erkaklar, 69 kg
Shahram Giyasov o‘z faoliyatida ilk marta Olimpiadada ishtirok etmoqda. Dastlabki saralash bosqichida unga ispaniyalik Yuba Sissokoga qarshi ringga ko‘tariladi. Boshlanish vaqti — 01:45.

Sport gimnastikasi, ayollar, umumiy
O‘z faoliyatida yettinchi olimpiadada ishtirok etayotgan Oksana Chusovitina bugun umumiy (4ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan) saralash bahslarida ishtirok etadi. 41 yoshli sportchi bugungi natijalar orqali umumiy va alohida yo‘nalishlar bo‘yicha final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: