Bugun dzyudo bo‘yicha erkaklar 66 kg vaznda bellashuvlarni o‘tkazishdi.
Erkaklar musobaqasida 1/16 final bosqichida O‘zbekiston vakili Rishod Sobirov belaruslik Dmitriy Shershanga qarshi tatamiga chiqdi.
Bellashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. Qo‘shib berilgan vaqtda "yuko" bahosi bilan O‘zbekiston vakili g‘alaba qozondi.
Rishod Sobirov turnirdagi ishtirokini davom ettiradi. U endi nimchorak finalda Jo Maxit (Vanuatu orollari) / Jyeymi Mata (Aruba orollari) juftligi g‘olibiga qarshi tatamiga chiqadi.