Rioda davom etayotgan yozgi Olimpiada o‘yinlari ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Janubiy Amerika bilan vaqtdagi farqimiz 8 soat bo‘lgani uchun o‘yinlar bizga biroz noqulay vaqtda bo‘lib o‘tmoqda.
Agar barcha o‘yinlarning qachon, qaysi vaqtda bo‘lib o‘tishini bilmoqchi bo‘lsangiz, musobaqaning rasmiy saytida berilgan kalendarga murojaat qiling. U yerda barcha musobaqalar taqvimi to‘liq berilgan. Belgilangan vaqtga sakkiz soat qo‘shasiz‑da, o‘yinlar boshlanish vaqtini aniq bilib olasiz.