Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining rossiyalik paralimpiyachilarning Braziliyadagi paralimpiadadan chetlatilishi qarorini qoraladi.
"Men bu nimaga asoslanganini bilishim kerak. Mening nazarimda bu teran aqlga sig‘maydi. Agar bu qaror "Maklaren hisobotiga" asoslangan bo‘lsa, unda ko‘rsatilgan sportchilar paralimpiyachilar emas", deb aytdi Mutko.
Avvalroq Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi rahbari Filipp Kreyven Rio-de-Janeyrodagi matbuot-anjumanida Rossiya paralimpiya qo‘mitasi qo‘mitada a'zolikdan mahrum etilgani va shu sababli rossiyalik paralimpiyachilar Rio-de-Janeyrodagi Paralimpiadada ishtirok eta olmasliklarini ma'lum qilgandi.