Malayziyadagi musulmonlarga Pokemon Go o‘ynash taqiqlandi

Jamiyat 15:56 / 07.08.2016 6452

Malayziya diniy ulamolari qirollik hududida Pokemon Go o‘yini taqiqlanishi borasida fatvo berishdi.

Mamlakat islom taraqqiyoti boshqarmasi rahbari Tan Otman Mustafo bu qaror "bir qator sabablarga ko‘ra" qabul qilingan. Ulardan biri, "boshqa musulmon davlatlaridan olingan ibrat" bo‘lgan.  Tan Otman Mustafoning aytishicha, maxluqlarni ovlash "bolalar va o‘smirlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi".

6 avgust kuni Eron Pokemon GO o‘yinini taqiqlagan birinchi mamlakat bo‘ldi.

Avvalroq Indoneziya hukumati mamlakat maktablarida mashhur Pokemon Go o‘yinini o‘ynashga taqiq qo‘yishi ma'lum qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: