Makedoniya poytaxti Skope shahrida kuchli yomg‘irlar tufayli 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat IIV ma'lumotiga asoslanib, TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.
"6 avgust kuni noqulay ob-havo sharoitlari tufayli 15 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar Arachinovo, Singelich va Staykovtsa punktlarida qayd etilgan", deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida Skopening bir qancha tumanlarida 30dan ortiq avtomobil daraxtlar ostida qolgan. O‘tish qiyin bo‘lgan hududlarda qamalib qolgan odamlar ijtimoiy tarmoqlar orqali yordam so‘rashmoqda.