“Liverpul”ga jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yangi murabbiy etib Andreas Kornmayyer tayinlangan.
Fitness bo‘yicha mas'ul hisoblanadigan bu mutaxassis Angliyaga “Bavariya”dan tashrif buyurdi.
Kornmayyer “Barselona”ga qarshi kechgan va 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin mashhur bo‘lib ketdi. Andreasni Yurgen Kloppning qiyofadoshiga o‘xshatishdi.
Kornmayyer jamoaga futbolchilarning jismoniy tayyorgarliklarini oshirish uchun taklif qilingan. U asosan Koutinyu, Henderson, Starrij va Sako bilan ishlaydi.