Ukrainaning Melitopol shahridagi kuzatuv kamerasi bugun, 7 avgustda Ukrainada yuz bergan zilzilani qayd qilgan. Zilzila Ukraina janubi-sharqidagi bir nechta shaharlarda va qisman Rossiyaning Rostov-Donida sezilgan.
Videoda do‘kon bir necha soniya davomida silkinib turganini ko‘rish mumkin. Do‘kondagi xodimlardan biri xavotirlanib, odamlardan aynan nima bo‘lganini bilishga uringan.
Boshqa videoda Mariupol aholisi yuz bergan holatni artilleriya qurolidan berilgan zarba deb muhokama qilishadi, biroq oxir-oqibat bu quroldan berilgan zarbaga o‘xshamayotganiga qaror qilishadi.
Bugun, 7 avgustda AQSh geologik xizmati Mariupol shahri yaqinida soat 11:15da markazi 10 km chuqurlikda bo‘lgan 4,8 magnitudali zilzila yuz berganini qayd qilgan. Xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin soatlar yoki kunlarda zilzilalar takrorlanishi mumkin.
Yevropa seysmologiya markazi esa markazi Donetskdan 78 km uzoqlikda bo‘lgan 4,6 magnitudali zilzila yuz berganini qayd qilgan.
Zilzila shuningdek Melitol, Berdyansk, Donetsk, Rostov-Don va boshqa aholi punktlarida ham sezilgan.