Foto: Taraqqiyot ko‘chasida avtomobillar harakatlanishi boshlandi

Jamiyat 16:28 / 07.08.2016 15420

Toshkent shahridagi Taraqqiyot ko‘chasida avtomobillar harakatlanishi tiklandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Bahorda Kichik halqa yo‘lining Taraqqiyot ko‘chasi bilan kesishuvidagi yo‘l o‘tkazgichda rekonstruksiya ishlari boshlangani munosabati bilan harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida transport harakati to‘xtatilgandi.

Bungacha tramvay liniyasi joylashgan hudud demontaj qilingan va tramvay liniyasi olib tashlanib, yo‘l olti chiziqqa ega bo‘lgan. 

Ko‘chalarda ta'mirlash ishlari davom ettirilmoqda — Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasi hali asfalt qilib bo‘linmagan, svetoforlar o‘chirilgan, lekin avtomobillar yo‘lning ikki tomoni bo‘ylab ham harakatlanishi mumkin bo‘lmoqda.

Yaqin vaqtlarda, sentabr oyigacha Taraqqiyot ko‘chasining davomi sifatida Ohangaron shossesiga chiqadigan yangi yo‘l ham ochiladi.

Qayd etilishicha, ta'mirlangan ko‘chada piyodalar uchun hali ayrim qulayliklar yaratilmagan. Jumladan, yo‘lning ikki tomonida ham yo‘l o‘tkazgichlar ostidan o‘tadigan trotuarlar yo‘q. Piyodalar endi baland zinalarga ko‘tarilishga majbur bo‘lishmoqda.

Foto: Gazeta.uz

Ko‘proq yangiliklar: