Eron hukumati fizik-yadrochining josusligi uchun qatl etilganini tasdiqladi

Jahon 18:52 / 07.08.2016 6307

Eron oliy sudi fizik-yadrochi Shaxram Amiriyning qatl etilganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda ISNA agentligi. 

Avvalroq Amiriyning onasi uning oilasi o‘g‘lining qatl etilgandan keyin bo‘ynida arqon izlari bo‘lgan jasadini olganini ma'lum qilgan.

"U birinchi instansiya sudi tomonidan o‘lim jazosiga mahkum qilingan, hukm ijrosi Oliy sud bilan tasdiqlangan", deb sud vakilining so‘zlarini keltirib o‘tdi agentlik.

Eronlik olim Amiriy 2009 yil iyunda Saudiya Arabistonida haj vaqtida yo‘qolib qolgan. Tehronning ta'kidlashicha, fizikni AQShning Markaziy razvedka borshqarmasi o‘g‘rilab ketgan. OAV versiyasiga ko‘ra, fizikning o‘zi vataniga qatyishni istamagan va AQSh maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilishni boshlagan.  

2010 yil iyulda Amiriy vataniga qaytgan. U vataniga qaytgach matbuot-anjumanda AQSh razvedka xizmatlari unga hamkorlik qilish uchun 50 mln dollar taklif qilishganini, biroq u rad javobini berganini aytgan. 

Amiriy o‘zining o‘g‘rilanishigacha Tehrondagi "Malak Ashtar" texnologik universitetida oddiy xodim bo‘lib ishlagan. Rasmiy Tehron uning Eron yadroviy dasturiga aloqasi borligini inkor qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: