O‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik Andre Uord kolumbiyalik Aleksandr Brand ustidan g‘alabani juda oson qo‘lga kiritdi.
Zerikarli o‘tgan 12 raundli jangning har bir raundi Andre Uord foydasiga hal bo‘ldi. Umumiy hisob 120:108.
Andre Uordning ushbu g‘alabasidan so‘ng u 29 noyabr kuni rossiyalik Sergey Kovalev bilan ringga ko‘tariladi.