Noutbuk yordamida Jeep avtomobillarining himoya tizimini buzish bilan shug‘ullanib kelgan 2 xaker AQShning Hyuston shtatida qo‘lga oligan. Engadget.com xabariga ko‘ra, bu xakerlar keyingi 2 yil ichida 30dan ortiq avtomobilni o‘g‘irlashgan.
Maykl Arsi va Jyessi Zeli ismli gumondorlar navbatdagi avtomobilni o‘g‘irlashga uringanida qo‘lga tushgan. Hozircha ular qo‘llagan usul haqida aniq ma'lumot yo‘q.
Politsiya gumondorlardan birini o‘tgan yilning aprelida Jeep Wrangler Unlimited o‘g‘irlanishi vaqtida kameraga yozib olingan tasvirlar orqali topgan. Endi ikki gumondorga ham avtomobil o‘g‘irlaganlik uchun ayb qo‘yilmoqda.