Qozog‘iston futboli rasmiylari mamlakat futbolining 2026 yilgacha bo‘lgan rivojlanish rejasini tuzib olishdi. Unda ta'kidlanishicha, Qozog‘iston hukumati futbol klublarining rivojlanishi uchun 2004 yildan buyon milliard yevro ishlatgan. Bu haqda Nur.kz xabar bergan.
Manbada aytilishicha, 2014 yilning o‘zida klublar uchun 200 million dollar ajratilgan. Lekin bu pullar stadion qurish yoki bolalar futbolini rivojlantirishga ketmagani alohida ta'kidlangan.