Ukrainalik xitoy tili tanlovida jahondagi eng zo‘rlaridan biri deya topildi

Jamiyat 16:17 / 05.08.2016 5131

Ukrainalik Pavel Zvenigorodskiy “Xitoy tili ko‘prigi” xalqaro musobaqasida eng kuchlilardan biri sifatida qayd etildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar bermoqda. Ukrainalikni Yevropa talabalari ichida xitoy tilini eng yaxshi biluvchi, deb e'tirof etishgan.

Zvenigorodskiy 10 avgust kuni Yevropa nomidan mutlaq chempionlik sharafini himoya qiladi. Unda Osiyo, Amerika, Afrika va Okeaniyadan xitoy tilini yaxshi biladiganlar qatnashadi.

Xalqaro talabalar tanlovi bo‘lmish “Xitoy tili ko‘prigi” har yili bir necha bosqichlarda o‘tkaziladi. Birinchi milliy saralash turi, so‘ngra XXRda bo‘ladigan turda eng yaxshi 30 nafar qatnashchi tanalanadi. Shundan so‘ng besh nomzod o‘rtasida mutlaq chempionlik uchun kurash bo‘lib o‘tadi.
Qatnashchilar xitoy tilini mukammal bilishlari, shuningdek, Xitoy madaniyati bo‘yicha bilimga ega bo‘lishlari lozim.
2016 yilda XXR turiga qadar 108 mamlakatdan 146 nafar ishtirokchi qatnashgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: