Rioda basseyndagi suv iflosligi tufayli avstraliyalik suzuvchilar mashg‘ulot o‘tkaza olmadi

Sport 17:29 / 05.08.2016 4109

Suzish bo‘yicha Avstraliya olimpiya jamoasi murabbiyi Maykl Bol shogirdlariga Rio-de-Janeyrodagi basseynda mashg‘ulot o‘tkazishni man qildi. Bunga sabab, suvning ifloslanganlik holatidir. Murabbiy bu haqda ABC telekompaniyasiga ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, bunday vaziyatda shogirdlari biron bir kasallik yuqtirib olishlari mumkin.

«Men Xalqaro suzish federatsiyasiga bu haqda murojaat qildim va ular ayni damda buning chorasini ko‘rmoqda», — deb qo‘shimcha qildi Bol. 

Murabbiyning ta'kidlashicha, asosiy musobaqalar o‘tadigan suv havzasi “toza va ajoyib”.

Ko‘proq yangiliklar: