AQShning Kaliforniya shtatida qurolli hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi jarohatlangan. Bu haqda mahalliy politsiya xabar bermoqda.
ABC7 telekanali ma'lumotiga ko‘ra, voqea Riversayd okrugida mahalliy vaqt bilan 00:15da (Toshkent vaqti bilan 12:15) ro‘y bergan. Jarohatlangan ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea sabablari o‘rganilmoqda. Qotilning shaxsi noma'lum.