Istanbul sobiq gubernatori davlat to‘ntarishi harakatida ayblanib, hibsga olindi

Jahon 18:33 / 05.08.2016 4299

Istanbulning sobiq gubernatori Husayin Avni Mutlu Turkiyada davlat to‘ntarishi qilishda ayblanib, sud tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning sud manbasiga tayanib xabar berishicha, 2010-2014 yillarda Istanbulda gubernatorlik qilgan Mutlu Fathulla Gulen tashkiloti bilan aloqasi borlikda gumonlangan. Sobiq gubernatorning o‘zi buni inkor etmoqda, u qo‘zg‘olonni Twitter’da muhokama etganini ma'lum qilmoqda. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Mutluning uyi tintuvdan o‘tkazilganida u yerdan Gulenning ikkita kitobi topilgan. Sobiq gubernatorning fikricha, kitoblardan biri o‘g‘li yoki keliniga taalluqli.

Mutlu bilan qo‘shib yuqori mansabli to‘qqiz nafar amaldor hibsga olingan. Ular ichida muzofot gubernatorlari ham bor. Ammo hozircha ularning ism-sharifi oydinlashtirilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: