Gulen Erdo‘g‘anni avtoritarizmda aybladi

Jahon 09:52 / 05.08.2016 8352

Fathulloh Gulen Turkiyada uni hibsga olish uchun order berilganini qattiq qoraladi.

U buni Erdo‘g‘anning avtoritarizmiga yana bir dalil sifatida baholagan.

«Mavjud hujjatlar Turkiyadagi sud tizimi mustaqil emasligini, mamlakatda demokratiya emas, Erdo‘g‘anning avtokratiyasi hukm sura boshlaganini anglatadi», — degan Gulen.

4 avgust kuni Istanbul AQShda istiqomat qilib kelayotgan muxolifatchi Fathulloh Gulenni hibsga olish to‘g‘risida order chiqardi.

Fathulloh Gulen bundan oldinroq ham Erdo‘g‘anni avtoritarizmda ayblagandi.

Ko‘proq yangiliklar: