Tadbirkor Grem Xeyns o‘zining navbatdagi xaridi haqida so‘zlab berdi – u Furniture.co.uk domenini 700 ming dollarga sotib oldi. .uk zonasi tarixida bu eng yirik bitim deya e'tirof etildi. Buyuk Britaniyaning milliy domeni 3-darajali domenlar katta qiymatga ega zonalardan biri hisoblanadi.
Furniture.co.uk – Xeyns tomonidan sotib olingan birinchi “chiroyli” domen emas. U tarmoqda biznesni rivojlantirish uchun kalit so‘zlarga ega domenlarning qanchalik qadr-qimmatga ega ekanligini yaxshi bilishini ta'kidlagan. Unga domenlar uchun juda katta pul sarflayotgani haqida bir necha marta aytilgan.
Qo‘lga kiritilgan domenlar tadbirkorga o‘z daromadlarini oshirish imkonini berdi. 4 yil avval u 60 ming dollarga BedroomFurniture.co.uk va 90 ming dollarga AntiqueFurniture.com domenlarini sotib olgan hamda bu qarorlaridan afsuslanmagan. Masalan, Grem Xeyns BedroomFurniture.co.uk sayti orqali har yili umumiy qiymati 7 million dollardan ortiq bo‘lgan mebellarni sotadi.