Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) bosh kotibi Pan Gi Mun 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan qochqinlar terma jamoasi bilan uchrashadi. Bu haqida BMTning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Pan Gi Mun qochqinlar terma jamoasiga murojaat qilib, aynan shu jamoa barcha uchun ilhom manbasi bo‘lib xizmat qilishini ta'kidladi.
Qochqinlar jamoasi tarixda birinchi marta O‘yinlarda ishtirok etishadi. Terma jamoa tarkibiga 2 nafar suriyalik suzuvchi, Kongo Demokratik Respublikasidan 2 nafar dzyudo ustasi va Efiopiya hamda Janubiy Sudandan 6 nafar yugurish musobaqalari ishtirokchilari kiritilgan. Qochqinlar jamoasi 2016 yilgi OO‘da Olimpiya bayrog‘i ostida qatnashishadi.
“Sizning qayg‘uli va dahshatli tarixingiz borligini bilaman, biroq sizlar ko‘pchiligimiz uchun ilhom manbasi bo‘lib xizmat qilasiz. Siz ko‘p insonlarga umid bag‘ishlay olasiz”, - dedi BMT bosh kotibi.
2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari 5-21 avgust kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadi.