Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta'lim sohasini rivojlantirish, uni tubdan isloh qilish, chuqur bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ilg‘or dunyoqarashga ega, mustaqil fikrlovchi barkamol insonlarni shakllantirish ustuvor vazifa etib belgilab berilgan.
Yoshlarimizga bildirilayotgan g‘amxo‘rlik va e'tiborga javoban o‘quvchilarimiz dunyo miqyosida turli ko‘rik-tanlov va xalqaro olimpiadalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Kimyo fanidan 48-xalqaro olimpiadada ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi jamoasini shakllantirish maqsadida belgilangan tartibga muvofiq 2-bosqichli tanlov o‘tkazildi.
Tanlov bosqichlarini sifatli va yuqori darajada o‘tkazishga erishish maqsadida muayyan ishlar olib borildi.
O‘quvchilarga havola qilinadigan topshiriqlar malakali mutaxassislar jalb qilingan holda xalqaro talablarga mos, ko‘p variantlilik asosida hamda maxfiyligi ta'minlangan holda tayyorlanadi.
Kimyo fanidan 48-xalqaro olimpiada 2016 yil 23 iyul – 1 avgust kunlari Tbilisi shahrida (Gruziya Respublikasi) bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada 70 tadan ortiq davlatdan 300 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.
Kimyo fanidan 48-xalqaro olimpiadada ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi jamoasi metodik jihatdan to‘g‘ri tanlanganligi, o‘quvchilar bilan tayyorgarlik ishlari yuqori darajada tashkil etilganligi sababli 4 nafar o‘quvchilardan iborat rasmiy O‘zbekiston Respublikasi jamoasi o‘quvchilaridan 1 nafari kumush, 2 nafari bronza medallari soxibi bo‘ldi.
Olimpiadada medallarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi 226-sonli qaroriga binoan oliy ta'lim muassasalariga test sinovlarisiz hamda qo‘shimcha imtihonlarsiz kirish imtiyoziga ega bo‘ldilar.
№ |
O‘quvchining F.I.Sh. |
Ta'lim muassasasi nomi |
Kurs |
Medal |
1 |
Shoyunusov Sarvar Ikrom o‘g‘li |
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litsey |
3 |
Kumush |
2 |
Omonova Charos To‘ychi qizi |
Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litsey |
3 |
Bronza |
3 |
Faxriyev Jaxongir Alisherovich |
Samarqand tibbiyot instituti qoshadigi 1-son akademik litsey |
3 |
Bronza |
Bundan tashqari matematika fani bo‘yicha Hongkong (Xitoy xalq respublikasi)da 2016 yil 9-16 iyul kunlari o‘tkazilgan 57-xalqaro olimpiadada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medali va 2 ta diplom qo‘lga kiritdi. Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada 109 ta davlatdan 600 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi.
Bronza medalini O‘zMU qoshidagi S.X.Sirojiddinov nomli akademik litsey 3-kurs o‘quvchisi Jo‘rayev Xurshid Adham o‘g‘li qo‘lga kiritdi.
Mazkur akademik litseyning o‘quvchilari Bobojonova Latofat Tursunboy qizi va Xasanov Temurbek Abdurauf o‘g‘li diplom bilan taqdirlandilar.