iPhone ixlosmandlariga 1,3 mln dollarlik gadjyet taklif qilinmoqda

Fan-texnika 09:09 / 02.08.2016 6968

Gadjyetlarga bezak berish bilan shug‘ullanuvchi AQShning Brikk kompaniyasi yangi iPhone 7 modeliga buyurtmalar qabul qilishni boshlaganini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Luxurylaunches. Telefon korpusini pushti, sariq tilla yoki platinadan tayyorlash taklif qilinmoqda. Shuningdek, gadjyetni umumiy og‘irligi 60 karatlik olmoslar bilan bezash ham mumkin. 

Bunday smartfonning narxi 1,3 mln dollarni tashkil qiladi.

Apple yangi smartfoni taqdimotini 2016 yil kuziga o‘tkazishni rejalashtirgan. Biroq internetda telefonning suratlari paydo bo‘lishga ulgurdi. Bundan tashqari, iyulda YouTube’da yangi smartfonning taxmin qilinayotgan ranglari (Gold, Rose Gold va Space Black) tasvirlangan video ham joylashtirildi.

Ko‘proq yangiliklar: