XVJ: O‘zbekiston YaIM 2016 yilda 5 foizga o‘sadi

Iqtisodiyot 14:42 / 02.08.2016 5310

Xalqaro Moody’s Investors Service reyting agentligi O‘zbekiston bank tizimi bo‘yicha “barqaror” prognozini saqlab qoldi. Bu esa, o‘zbek banklari faoliyat yuritishi uchun amaliy shartlar qulayligini ko‘rsatadi. 

Moody’s agentligining O‘zbekiston moliya muassasalari kredit qobiliyati o‘zgarishiga oid mazkur prognozi 12-18 oy muddatga amalga qiladi, deyiladi  matbuot bayonnomasida. 

«Yaxshi diversifikatsiya qilingan eksport daromadlariga ega, taraqqiy etayotgan iqtisodiyot o‘zbek banklarining rivojiga qulay sharoit yaratmoqda, - degan  Moody’s agentligining bosh vitse-prezidenti Olga Ulyanova, – shu boisdan ham O‘zbekiston bank sektori, MDHning ayrim davlatlariga xos bo‘lgan turli tebranishlardan qaysidir darajada himoyalangan».

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) o‘z navbatida, O‘zbekistonning 2016-yilgi real YaIM 5 foizni tashkil etishini taxmin qilmoqda. Iqtisodiyotning o‘sishi asosan, Xitoyga gaz eksport qilinishi, infratuzilmalarni rivojlantirish borasida ichki talabning ortishi va ish haqining oshishi bilan bog‘liq bo‘ladi. 

Moody’s agentligiga ko‘ra, qulay amaliy muhit sababli, o‘zbek banklarining muammoli kreditlari hissasi barqaror darajani saqlab qoladi va barcha berilgan kreditlarning 4-5 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari, yaqin 12-18 oy mobaynida, kredit taqdim etishdan ko‘rilgan zarar o‘rtacha yillik hisobda 1,5 foizdan oshmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: