«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger ko‘plab jamoalarda yangi murabbiylar ish boshlagan Angliya chempionatining yangi mavsumi arafasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
U Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»ga, Antonio Kontening «Chelsi»ga, Joze Mourinoning «Manchester Yunayted»ga murabbiy bo‘lganiga e'tibor qaratgan.
«Shunday bo‘lgani zo‘r. Premer-liga endi murabbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatini eslatadi. Eng yaxshi murabbiylar "hayotimizni og‘irlashtirish uchun" APLga tashrif buyurmoqda.
Balki aynan shu jihat turnirning yanada ommabopligini ta'minlar. Tajribali murabbiylar soni ortishi ligaga dunyo bo‘ylab qiziqishni yanada oshiradi», — degan Venger Mirror muxbiriga.