Afg‘oniston poytaxti Kobulda terrorchilar Northgate mehmonxonasiga hujum qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Hujum 1 avgustga o‘tar kechasi sodir etilgan. Mehmonxona oldida yuk mashinasi portlatilgan, so‘ngra 4 jangari otishma boshlagan.
Asosan xorijlik harbiylar va fuqarolik tashkilotlari vakillari yashaydigan Northgate mehmonxonasi o‘zidan himoyalangan majmuani aks ettiradi.
Hujum uchun javobgarlikni "Tolibon" guruhi o‘z zimmasiga oldi.