2016 yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligida delegatsiya Vashington shahrida «C5+1» shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Markaziy Osiyoning besh mamlakati va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari «C5+1» doirasidagi hamkorlikning amaliy masalalarini muhokama qilishadi.