Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» mustaqillik tengqurlariga bepul chiptalar taqdim etadi

O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi o‘z yo‘lovchilari uchun qator aksiyalar uyushtirib, sovg‘alar tayyorlamoqda.
Ma'lum qilinishicha, 1991 yilning 1 sentabrida tug‘ilgan yoshlarga «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK ichki yo‘nalishlar bo‘ylab sayohat uyushtirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunday yoshlarga O‘zbekistondagi ichki yo‘nalishlar uchun tekin chiptalar 1 sentabrdan 31 oktabrga qadar tarqatiladi.
«Mustaqillik tengdoshlari uchun aksiya! 1991 yil 1 sentabrda tug‘ilganlarga «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK O‘zbekiston shaharlariga tashrif buyurish imkonini beradi. Siz respublika ichidagi yo‘nalishlarga bepul aviachipta olishingiz mumkin. Taklif O‘zbekiston Respublikasi hududida 1 sentabrdan 31 oktabrgacha bo‘lgan davr ichida amalga oshiriladigan istalgan qatnovga nisbatan tadbiq etiladi. Agar Siz 1991 yil 1 sentabrda tug‘ilgan bo‘lsangiz, unda 1 avgustdan boshlab sovg‘a - aviachiptani rasmiylashtirish uchun «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning aviachiptalarni sotish shoxobchalariga murojaat qilishingiz mumkin.
Hurmatli mustaqillik tengdoshlari, O‘zbekistondagi siz tashrif buyurishni istagan shaharni tanlang va bayram aksiyamizdan foydalaning!», deyilgan xabarda.
Shuningdek, feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi «Uzbekistan airways» sahifasida respublika ichidagi yo‘nalishlarga bepul aviachipta o‘ynaladi. Unda ishtirok etish shartlari oddiy: aviakompaniya sahifasiga obuna bo‘lish va yutuq o‘ynalishi haqidagi e'lonni do‘stlari bilan o‘rtoqlashish. O‘yin 15 avgustda boshlanadi va 24 avgust soat 24.00gacha davom etadi. Natija 26 avgust kuni soat 10.00da Random.orgtasodifiy raqamlar generator dasturi yordamida, maxsus komissiya va OAV vakillari ishtirokida aniqlanadi. G‘olib respublika ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bitta bepul aviachiptaga sertifikatni qo‘lga kiritadi.
Bundan tashqari, 1 sentabr, Mustaqillik kunida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK qatnovlarida parvoz qiladigan barcha yo‘lovchilarga HK sahnida esdalik suvenirlar topshiriladi. Bort kuzatuvchilari milliy aviatashuvchi nomidan yo‘lovchilari bayram bilan tabriklashadi va tarixiy voqea xotirasiga aviakompaniya logotipi va mustaqillik ramzi tushirilgan suvenirlarni taqdim etishadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lift yiliga kamida bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:36
-
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 14:34
-
“Ular xalq xizmatiga qaytarilishi kerak” – SSV vaziri “qizamiq epidemiyasi” bo‘yicha qamalgan namanganlik vrachlar haqida
O‘zbekiston | 14:24
-
Suriyada darziylar va sunniylar o‘rtasidagi janglarda 37 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 14:20