Taraqqiyot ko‘chasi avgust oyi davomida ochiladi

O‘zbekiston 10:14 / 01.08.2016 10089

Toshkent shahridagi Taraqqiyot ko‘chasida yangi avtomobil yo‘lida yo‘l o‘tkazgich qurilishi ishlari yakuniy pallaga kirgan va yangi yo‘l yaqin vaqt ichida ochiladi. Bu haqda «O‘zavtoyo‘l» aksiyadorlik kompaniyasining matbuot xizmati xabar berdi.

Rekonstruksiya qilinayotgan yonma-yon joylashgan temir yo‘l o‘tkazgichi ham foydalanishga topshiriladi. «Salor» bekati va «Toshkent» vokzali oralig‘ida 3ta temir yo‘l liniyasi o‘rnida ikkitasi qoldiriladi.

Avgust oyi davomida yangilangan transport bog‘lamasi majmuasi ochilishi bo‘lib o‘tib, Taraqqiyot ko‘chasining muqaddam tramvay yo‘li yotqizilgan qismi bo‘ylab obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

Ko‘cha endi 6 qatorli bo‘ladi, bu esa yo‘ldan foydalanish hajmini oshirishga yordam beradi. Ko‘cha yoqalari bo‘ylab esa piyodalar yo‘laklari rekonstruksiya qilib bo‘lingan.

Sentyabr oyigacha Taraqqiyot ko‘chasining davomi sifatida Ohangaron shossesiga chiqadigan yangi yo‘l ham ochiladi.

Ko‘proq yangiliklar: