Tektonik o‘zgarishlar sabab Avstraliya qit'asi so‘nggi 22 yil ichida shimolga qarab bir yarim metr masofaga siljigan. Bu haqda avstraliyalik olimlar ma'lumotiga asoslanib, ScienceAlert xabar bermoqda. Ushbu xulosaga GPS-o‘lchovlar orqali kelingan.
Avstraliya hukumati sharoitdan kelib chiqqan holda qit'aning rasmiy geografik koordinatsiyalarini o‘zgartirishga tayyor.
Avstraliya qit'asi sayyoradagi barcha qit'alar ichida eng tezi hisoblanadi. U shimol va ozgina g‘arbga har yili soatiga 7 sm tezlik bilan siljib bormoqda. Bu o‘zgarishlar kuchli zilzilalarga sabab bo‘lmoqda.