Shotlandiyalik juftlik eski stulda olmosdan ishlangan zeb-ziynatlar topib oldi

Jamiyat 08:11 / 01.08.2016 6462

Biggar shahrida yashovchi shotlandiyalik juftlik 5 funt sterlingga sotib olingan eski stulda 5 ming funt sterling qiymatdagi olmos taqinchoqlar topib oldi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda. 

Anjyela Milner-Braun va uning turmush o‘rtog‘i Engus stulni auksionda taxminan 10 yil oldin sotib olishgan. Biroq ular stulga yangi qoplama buyurtma berisha olmagani sababli uni chordoqqa tashlab qo‘yishgan.

6 yil o‘tgach ular stulning ustini yangidan qoplatishdi. Biroz vaqtdan keyin Engus rafiqasiga turmush qurganlarining bir yilligi munosabati bilan olmos ko‘zli uzuk, keyinroq esa turli bayram munosabatlari bilan olmos zirak, qimmatbaho toshlarga ega to‘g‘nag‘ich sovg‘a qildi.    

Ko‘rinishicha, bu zeb-ziynatlarning barchasi stulning avvalgi egalari tomonidan unga yashirib qo‘yilgan bo‘lgan. Egnus bu zeb-ziynatlarni stulni qoplashga tayyorlayotganda topib olgan. U buni rafiqasidan sir tutishga qaror qilgan, biroq keyin buni oshkor qilgan.

O‘tgan payshanbada juftlik Antiques Roadshow dasturiga murojaat qilganda, mutaxassislar topilgan zeb-ziynatlarni 5 ming funt sterlingga baholashgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: