Sakkiz yoshli bolakay IShIDni targ‘ib qilishda gumon qilindi

Jamiyat 15:06 / 01.08.2016 10655

Buyuk Britaniya ijtimoiy xizmati xodimlari Sharqiy Londondagi maktablardan birining 8 yashar o‘quvchisini «IShID» terrorchilik guruhini targ‘ib qilishda gumon ila so‘roq qilgan, deb yozadi The Independent.

Xabarlarga ko‘ra, o‘qituvchi dars vaqtida uning futbolkasidagi yozuvga e'tibor qaratsa, uning fikricha, yozuv terrorchilik tashkilotini targ‘ib qilgan. 

O‘quvchi bolaning futbolkasida: «Men Abu Bakr kabi bo‘lmoqchiman», degan yozuv bo‘lgan. O‘qituvchi esa, Islom dinidan xabari bo‘lmagani bois, gap IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy haqida borayapti, deb o‘ylagan. Shundan so‘ng, u bu haqda ijtimoiy xizmatlarga xabar qilgan. 

Biroq, nashrning yozishicha, bola musulmonlar yetakchilaridan biri Muhammad alayhissalomning do‘sti Abu Bakr Siddiq nomi tushirilgan futbolkani kiyib yurgan.

Ko‘proq yangiliklar: