1 avgust kuni Rio-de-Janeyro shahrida Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 129-sessiyasi ochiladi. Sessiyada 2020 yilgi Olimpiada o‘yinlariga yangi sport turlari kiritilishi masalasi ko‘rib chiqiladi, shuningdek, ijroiy qo‘mitaning yangi a'zolari saylanishi jarayoni o‘tkaziladi.
Sessiyaning keyingi kunlarida 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga yana 5ta sport turi bo‘yicha musobaqalar qo‘shilishi haqida qaror qabul qilinishi mumkin. Bular karate, skeytbording, syorfing, beysbol (softbol) va alpinizm. Bu sport turlari qo‘shilishi evaziga turnirda yana 18ta medallar jamg‘armasi o‘ynaladi, bu medallar uchun 500ga yaqin sportchi kurash olib boradi.
Qo‘mita a'zolari shuningdek, 2024 yilgi Yozgi Olimpiadani qabul qilish uchun da'vogar bo‘lgan tashkiliy qo‘mitalarning hisobotlarini tinglaydi. 2024 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun Rim, Parij, Budapesht va Nyu-York shaharlari da'vogar. G‘olib nomi keyingi yili Limada o‘tkaziladigan XOQning 130-sessiyasi vaqtida ma'lum qilinadi.