Olmaotadagi terakt natijasida jiddiy jarohat olgan yana ikki nafar politsiya xodimi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida shahar ichki ishlar boshqarmasining matbuot xizmati xabar qildi.
“Shoshilinch tez yordam ko‘rsatish shifoxonasining jonlantirish bo‘limida Ruslan Kulebekov tomonidan amalga oshirilgan terakt natijasida jiddiy jarohat olgan 2 politsiya xodimi hayotdan ko‘z yumdi”, - deyiladi boshqarma xabarida. Shifokorlar imkon qadar ularning hayotini saqlab qolishga harakat qilganliklari, biroq jarohatlar juda jiddiy bo‘lganligi ta'kidlanmoqda.
18 iyul kuni Olmaotada Almali tumani IIB hamda Qozog‘iston milliy xavfsizlik xizmati departamenti binolariga hujum uyushtirilib, buning natijasida huquq-tartibot organlarining 4 nafar xodimi, chegarachi va iste'fodagi IIV xodimi halok bo‘lgan. O‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida Qizilo‘rda viloyatining 27 yoshli fuqarosi Ruslan Kulibekov qo‘lga olindi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev Olmaotada ro‘y bergan voqeani terakt deb atadi.
Olmaotadagi teraktda jarohat olgan ikki politsiyachi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25618
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34528