Ukraina vazirlar mahkamasi mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoga 28 ming grivna (1,1 ming dollar atrofida) maosh tayinladi. Bu haqda 1 avgust kuni chiqarilgan hukumat qarorida ma'lum qilingan.
Hukumat tomonidan,shuningdek, bosh vazir maoshi — 20 ming grivna (800 dollar atrofida), vitse-bosh vazir 17-18 ming grivna (700 dollar atrofida) va vazir —16 ming grivna (650 dollar atrofida) etib belgilangan.
Iyul boshida Kiyevda kommunal tariflarning ko‘tarilishiga qarshi ommaviy miting o‘tkazilgan edi. Tadbir ishtirokchilari shahar markazida avtomobillar harakatini to‘xtatib qo‘yishgandi. Ular, shuningdek, maosh tayinlashda Yevropa usulini qo‘llashni ham talab qilishgan.