Moskvada avtoto‘xtash joyiga ovozli haq to‘lash tizimi ishga tushdi

Jamiyat 16:12 / 01.08.2016 4351

Moskvada 1-avgustdan avtomobillar to‘xtash joyi uchun ovoz yordamida haq to‘lash tizimi ishga tushirildi. To‘lov telefon qo‘ng‘irog‘i orqali amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi Moskva shahar transport departamenti rahbari Maksim Liksutovga asoslangan holda.
 
«Biz dunyoda birinchi bo‘lib, avtoturargoh uchun bunday to‘lov tizimini ishga tushirdik. Bunda, foydalanuvchi to‘xtab turish vaqtini mustaqil ravishda belgilay oladi. Buning uchun, SMS xabar ham yubormaydi, mobil ilovasini ham ishga tushirishi shart emas. U shunchaki, barcha buyruqlarni ovoz bilan beradi», — degan Liksutov. 

Uning ta'kidlashicha, shahar ma'muriyati tizim faoliyatini va moskvaliklarning yangilik haqidagi fikrini o‘rganadi. 

Tizim avtomatik tarzda ovozli so‘zlarni aniqlab, uni tasdiqlatish uchun haydovchiga takrorlaydi. Shundan so‘ng, avtoturargohda ro‘yxatga olingani to‘g‘risida qo‘shimcha ravishda SMS xabar yuboriladi.

Ko‘proq yangiliklar: