Misr aholisining soni 2030 yilga qadar 140 mln gacha yetishi mumkin. Bunday prognoz bilan 31 iyulda Misrning aholi masalalari bo‘yicha milliy kengashi mutaxassisi Tariq Tovfiq nutq so‘zladi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Misrda oxirgi yillarda tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti 35 foizga oshgan. Shu bilan birga "borgan sari ko‘proq juftliklar oilani rejalashtirish usullarini qo‘llashga beparvo qaramoqdalar".
"Agar bunday sur'atlar saqlanib qolsa, 2030 yilga qadar Misr aholisi 140 mln gacha yetishi mumkin", deb aytdi mutaxassis.
Ayni vaqtda Misr aholisi 90 mln kishini tashkil qilmoqda.
Ta'kidlash joizki, Misr aholisi 1984 yildan beri 2 martaga, 1966 yildan beri esa 3 martaga oshgan.
Misr ijtimoiy birdamlik vaziri G‘adi Valining aytishicha, 26 foiz misrlik nochor ahvolda yashaydi.