Maltaliklar 810-ot kuchiga ega elektr trisikl ishlab chiqadi

Fan-texnika 17:29 / 01.08.2016 4981

Maltaning Valene Motors kompaniyasi Black Mamba elektrli trisiklni seriyali ravishda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Sportkarning eng qimmat rusumi «810 ot kuchidan kam bo‘lmagan» quvvatga ega bo‘ladi.

Black Mamba gabarit uzunligi 3,71 metrni, eni — 1,98 metrni, balandligi  — 1,10 metrni tashkil etadi. U po‘lat rama negizida yasaladi, kuzov panellari kompozit materiallardan ishlab chiqiladi.

Trisiklning birinchi to‘plami 107-quvvatli elektr motor bilan jihozlanadi. Buning evaziga mashina soatiga 100 km tezlikka 4,2 soniyada erishadi. Biroq, hozircha, Black Mamba trisiklining eng kuchli namunasiga oid ko‘rsatkichlar e'lon qilinmagan. 

Sportkarga 15, 30 yoki 50 kilovatt-soat hajmli batareyalar o‘rnatiladi. Ular 180, 310 va 500 kilometrni masofani bir marta quvvatlangach, bosib o‘tish imkonini beradi. 

Ayni vaqtda, Black Mamba prototipi yakuniy bosqichda turibdi. Ularni 2017 yildan ommaviy ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Uning narxi 35 ming yevrodan boshlanishi xabar qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: