29 iyul kuni Madaniyat va sport ishlari vazirligida Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Fumihiko Katoning elchilik davri tugashi munosabati bilan xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida Fumihiko Katoning elchilik davrida ikki tomonlama madaniy-gumanitar hamda sport sohasidagi amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va hamkorlikning hozirgi holatlari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda elchixona hamda vazirlikning Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.