Londonda attraksion buzilishi oqibatida odamlar 4 soat osilgancha qolib ketdilar

Jahon 09:25 / 01.08.2016 4614

Britaniyalik o‘t o‘chiruvchilar London Eye tomosha g‘ildiragi yaqinidagi Starfler attraksioni kabinalarida qolib ketgan 19 sayyohni qutqarish bo‘yicha 4 soatlik operatsiya o‘tkazishdi. Bu haqda britan OAVga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

31 iyulda mahalliy vaqt bilan soat 18.00 da arg‘imchoq texnik nosozliklar sababli to‘xtab qoldi, buning natijasida odamlar bilan to‘la kabina havoda osilib qoldi.

Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar maxsus ko‘p seksiyali surilib chiqiluvchi platformali narvondan foydalangan holda odamlarni qutqarishga tushib ketdilar. Odamlarni navbatma-navbat kabinadan chiqarib olib, platformaga o‘tkazib, yerga tushirishgan. 

Ma'lum qilinishicha, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Attraktsionga egalik qiluvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar voqea yuzasidan tekshiruv boshlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: