IShIDning Rossiyaga tahdid solingan videosi namoyish etildi

Jahon 11:33 / 01.08.2016 21579

IShID jangarilari Rossiya manziliga tahdidlar ifodalangan videomurojaatini e'lon qildi. Unda Rossiyaga qarshi jihod boshlashga da'vat etilgan.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, YouTube portaliga ushbu videomurojaat joylashtirilgan. Unda sahrodagi jangarilar tasvirlangan, fondagi ovoz orqali esa Rossiya manziliga qarata tahdid qilinadi. Xabarda aytilishicha, videorolik Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga murojaat bilan boshlanadi va keyin Rossiya fuqarolarini o‘ldirish bilan tahdid qilinib, tarafdorlar jihod qilishga chorlanadi.

Bu videorolik jangarilarning Telegram messenjeridagi sahifasi orqali tarqatilgan.

29 iyul kuni FSB rahbari Aleksandr Bortnikov maxsus xizmatlar Rossiya hududida teraktlar oshirishi mumkin bo‘lgan 220dan ortiq "salohiyatli jangari" bo‘lishi mumkinligi haqida aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: