Gamburgda 9 yoshli bola yangi tug‘ilgan ukasining o‘g‘rilanib ketishiga yo‘l qo‘ymadi

Jahon 21:58 / 01.08.2016 11228

9 yoshli bola Gamburg shifoxonalaridan biridan yangi tug‘ilgan ukasining o‘g‘rilanib ketishiga yo‘l qo‘ymadi, deb xabar bermoqda Bild nashri.

34 yoshli noma'lum ayol chaqaloqning onasi uxlab yotganda palataga kirgan. U bir kunlik chaqaloqni sezdirmasdan olib chiqib ketgan. Bolaning akasi ayolning ortidan sezdirmasdan borib, u bilan yo‘lakda shubatlashgan. Shundan keyin ayol chaqaloqni onasiga qaytarib bergan. Bolaga hech narsa qilmagan. 

Shifoxona xodimlari bu voqea haqida politsiyaga xabar berishgan, ayol qo‘lga olingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, o‘g‘ri ayol ruhan nosog‘lom bo‘lgan. U ruhiy shifoxonaga statsionar davolanish uchun yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: