Fransiya musulmonlari kengashi mamlakatdagi masjidlarning qurilishini iqtisodiy ta'minot qiladigan maxsus fon ochishadi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Yaqinda mamlakatdagi diniy inshootlarni qurishda chet elliklarning pullaridan foydalanish taqiqlandi. 31 iyul kungi chiqishida esa Fransiya bosh vaziri Manuel Vals mamlakatdagi maschidlarni chet elliklar tomonidan moliyalashtirilishiga chek qo‘yish kerak ekanini aytgandi.
Yaqinda Normandiyadagi cherkovga hujum uyushtirilgan va 82 yoshli rohib o‘ldirilgan edi. Shu sabab yuqoridagi muzokara tashkil etilgan. Cherkovga hujum qilganlarning terrorchilarga aloqadorligi gumon qilinmoqda.