Britaniyalik yengil atletikachi Kadina Koks Rioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiada o‘yinlarida ikkita sport turida qatnashadi. U yengil atletikadan tashqari velosport bo‘yicha ham Britaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Koks velosport bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi. «Paralimiadada qatnashish uchun meni tanlashganidan xursandman. Menda jahon chemionati oltin medali bor, umid qilaman, uning yoniga Paralimpiada oltin medali ham qo‘shiladi»,- deydi sportchi.
Agar Koks har ikki sportda ham sovrindor bo‘ladigan bo‘lsa, hamyurti Izabel Barrdan keyin bitta musobaqada ikki tur bo‘yicha sovrindor bo‘lgan birinchi paralimpiadachi bo‘ladi. 1988 yilda Barr yadro, disk va sopqon uloqtirish musobaqalarida sovrindor bo‘lgan. Bundan tashqari pnevmatik miltiqdan o‘q otishda ham shoxsupaga ko‘tarilgan.
Paralimpiada o‘yinlari 7-18 sentabr kunlari Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladi.