Xorijlik sayyohlar bo‘lgan avtomobil Boliviyaning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lgan Uyuni shahri yaqinida ag‘darilib ketdi. 31 iyulda mahalliy politsiya boshlig‘i Rodolfo Salasar avtohalokat oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani, 3 kishi jabrlanganini ma'lum qilgan.
YTH qurbonlari orasida Belgiya, Italiya va perulik sayyohlar bo‘lgan. Yana bir perulik ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Haydovchi hibsga olingan. Ma'lum qilinishicha, u ham jarohatlar olgan, biroq uning hayoti xavf ostida emas.
Avtohalokat Uyuni shahridan 45 km uzoqlikda yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTHga tezlikning oshirilishi sabab bo‘lgan.