Harbiy parad uchun mas'ul bo‘lgan Xitoy generali tergov bermoqda

Jahon 12:11 / 01.08.2016 7960

Xitoy xalq ozodlik armiyasi yuqori lavozimli generali Tsyuy Juy tergovchilar savollariga javob bermoqda. O‘tgan yilgi harbiy paradni tashkil etish uchun mas'ul bo‘lgan harbiy mulozim korrupsiyada gumon qilinmoqda, deb yozgan Hongkongning South China Morning Post nashri Xitoy armiyasidagi o‘z manbalariga asoslangan holda. 

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, general-mayor o‘tgan hafta 27-iyulda hibsga olingan. U, XXR Markaziy harbiy kengashi intizomini tekshirish bo‘yicha Komissiya o‘tkazayotgan tergov ishlarining asosiy ishtirokchisi bo‘lib turibdi. 

Hozircha, harbiy mulozim aynan qanday jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotganiga oydinlik kiritilmagan. Ammo, gazeta manbasining aytishicha, bu Tsyuy Juyning avvalgi lavozimi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. General, bundan avval, Bosh shtabning Beshinchi departamentining harbiy qurol-yarog‘lar va mulk bo‘yicha bo‘limlaridan biriga rahbarlik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: