«Rossiya Norin GES kaskadi uchun mablag‘ topishi va uni barpo etishi mumkin edi», - degan Qirg‘iziston respublikasi davlat rahbari Almazbek Atambayev jurnalistlar bilan suhbatida.
Prezident «RusGidro» kompaniyasining sobiq rahbari Yevgeniy Dodaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga o‘z fikrini bildirar ekan, Doda Qirg‘izistonda nimadir qilishga uringan yagona kishi ekanini ta'kidlagan. Hatto «Inter RAO» ham Qambarota GES-1ni qurishga jur'at etmagan.
«RF xohlaganida Norin GES kaskadini qura olardi. Alam qiladigan tomoni, mamlakat kelishuvni imzolab, uni ratifikatsiya qilib, so‘ngra uni amalga oshirishdan bosh tortishidir. Vladimir Putindan xafa emasman. Biz kelishuvni bekor qilgunimizcha, u meni to‘rt marta suhbatiga chaqirdi. Va har safar turli bahonalar. Ammo, mening fikrimcha, so‘z berdingmi, bajarish lozim», -deb ta'kidlagan Almazbek Atambayev.
Atambayev Rossiyaga: “Va'da berdingmi, ahdingda tur!”
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25618
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34528