AQSh harbiylari, Amerika harbiy bazasining Germaniyadagi qurol-yarog‘lar omborxonasidan qurollar o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq jinoyat yuzasidan tergov ishlari o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda The New York Times.
Shtutgart shahridagi harbiy omborxonadan ko‘pgina aslahalar qatori bir necha yarimavtomat pistoletlar, avtomat miltiq va ov miltig‘i g‘oyib bo‘lgan.
Amerikalik harbiy tergovchilar, o‘g‘rilarni topishga yordam beruvchi ma'lumot uchun 10 ming AQSh dollari va'da qilishgan.