Dunyoning 13 mamlakati aksildoping agentliklari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasini, Rossiya sportidagi doping mojarolari vaqtida yetakchilikni qo‘lga ola bilmagani uchun tanqid qildi.
Avstriya, Kanada, Daniya, Finlyandiya, Germaniya, Yaponiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Polsha, Shvetsiya, Shveytsariya va AQSh aksildoping agentliklari rossiyalik sportchilarni Olimpiya o‘yinlariga kiritmaslik qarorini XOQ qabul qilishga jur'at etmaganidan afsus bildirgan.
Ma'lumki, ushbu mamlakatlar agentliklari XOQdan Rossiya olimpiya termasini to‘liq tarkibda diskvalifikatsiya qilish hamda rossiyalik sportchilarning Olimpiya bayrog‘i ostida qatnashishlari uchun me'yorlarni tuzib chiqishni talab qilishgan edi.
XOQ, milliy aksildoping agentliklari fikricha, bu talablarni bajarmaslik bilan toza sportchilarning huquqlarini buzgan.
«XOQ so‘nggi qaror qabul qilishni xalqaro sport federatsiyalariga yuklash hamda siyosiy va tijoriy ta'sirga ega qarorlar qabul qilinishining oldini olish borasida mustaqil emasligini namoyish etgan», -deyiladi qo‘shma hujjatda.
Bundan tashqari, XOQ WADA agentligiga Rossiya sportidagi doping haqida ma'lumot bergan Yuliya Stepanovani Olimpiya o‘yinlariga kiritmagani uchun tanqid qilingan.
Shunga ko‘ra, kelajakda bu kabi salbiy holatlarga qayta yo‘l qo‘ymaslik uchun tashkilotda o‘zgarishlarni amalga oshirishi lozim.